Davlat boji stavkalari (Davlat boji to'g'risidagi qonun ilovasi)

4.1-band. 4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: (1-qism)

4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun: a) ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun agar ko'chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo'lsa — BHMning 1 baravari agar ko'chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo'lsa — BHMning 50 foizi Izoh . Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko'chmas mol-mulkni o'tkazish bilan bog'liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko'chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda O'zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo'lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo'lmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam bo'lmagan miqdorida yangi qurilgan ko'chmas mol-mulk sotib olinganda shartnoma summasining 10 foizi v) «b» kichik bandga muvofiq davlat boji to'lab sotib olingan ko'chmas mol-mulk xarid qilingan kundan e'tiboran uch yil ichida boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun BHMning 400 baravari g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o'zgartishlar kiritganlik uchun mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga — BHMning 10 foizi jismoniy shaxslar uchun — BHMning 25 foizi yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa — BHMning 50 foizi Izoh . Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan «p» kichik bandda belgilangan hollar mustasno BHMning 25 foizi ye) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun jismoniy shaxslar uchun: — BHMning 1 baravari yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa — BHMning 2 baravari Izoh . Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. j) banklar va qarz oluvchilarning kredit bo'yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobidan qaytarish to'g'risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun BHMning 50 foizi z) qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun — BHMning 25 foizi Izoh . Qarz shartnomasiga o'zgartishlar kiritganlik yoki uni bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi. i) kafillik shartnomalarini tasdiqlaganlik, unga o'zgartishlar kiritganlik yoki bekor kilganlik uchun jismoniy shaxslar uchun BHMning 25 foizi yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa BHMning 50 foizi k) korxonani boshqa shaxsga o'tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun BHMning 1 baravari l) vasiyatnomalarni tasdiqlaganlik uchun BHMning 5 foizi m) merosga bo'lgan xuquq to'g'risida guvohnoma berganlik uchun
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.