«Davlat boji to'g'risida»gi qonun

17-modda. Davlat bojini to'lash va hisobga o'tkazish tartibi

(17-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)

Davlat boji, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilanmagan bo'lsa, davlat boji undiriladigan yuridik ahamiyatga molik harakatlar amalga oshirilguniga qadar va (yoki) bunga vakolatli bo'lgan muassasalar (mansabdor shaxslar) tomonidan hujjatlar berilguniga qadar naqd pulli yoki naqd pulsiz shaklda to'lanadi. To'lovchining davlat bojini naqd pulsiz shaklda to'laganligi fakti qog'ozdagi yoki elektron shakldagi to'lov hujjati bilan tasdiqlanadi. To'lovchining davlat bojini naqd pul shaklida to'laganligi fakti bank tomonidan to'lovchiga beriladigan belgilangan shakldagi kvitantsiya yoki O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi belgilagan shaklda to'lovni amalga oshirgan mansabdor shaxs yoxud davlat organi va tashkilotning kassasi tomonidan to'lovchiga beriladigan kvitantsiya bilan tasdiqlanadi. Davlat bojini to'lashning o'ziga xos xususiyatlari amalga oshirilayotgan yuridik ahamiyatga molik harakatlarning turiga, to'lovchilarning toifalariga yoki boshqa holatlarga ko'ra ushbu Qonunning 19 — 24-moddalariga muvofiq belgilanadi. Davlat boji to'lov hujjatlari asosida O'zbekiston Respublikasining Davlat byudjetiga o'tkaziladi, bundan davlat bojining qaysi davlat organlari xizmatlari uchun davlat boji undirilayotgan bo'lsa, o'sha davlat organi tasarrufida qoldirilayotgan qismi mustasno. Davlat bojining bir qismi davlat organi tasarrufida qoldirilgan taqdirda, davlat boji yagona hisobvarag'iga keyinchalik O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va davlat organi o'rtasida qonunchilikka muvofiq taqsimlangan holda to'lanadi. Davlat bojining davlat organi tasarrufida qoldiriladigan miqdori qonunchilikda belgilanadi. Mulkiy nizo bo'yicha sudga da'vo arizasi berilganda, shuningdek mol-mulkning oldi-sotdi, hadya, ayirboshlash shartnomasini notarial tartibda tasdiqlashda, merosga bo'lgan huquqni rasmiylashtirishda, agar da'vo qiymati, shartnoma summasi yoki meros miqdori chet el valyutasida belgilansa, davlat bojining miqdori harakatlar amalga oshirilgan sanada O'zbekiston Respublikasining Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs bo'yicha milliy valyutada belgilanadi va undiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.