Davlat boji naqd pulsiz o'tkazilganligiga doir to'lov topshiriqnomalari, davlat bojini to'lash uchun pul qabul qilib olinganligi to'g'risidagi kvitantsiya davlat bojini undiradigan davlat organlarida qoladigan tegishli materiallarga qo'shib qo'yiladi.
Notarial harakatlarni ro'yxatdan o'tkazish reyestrida kiritilgan davlat boji summasi, davlat boji to'langanligi haqidagi hujjatning sanasi va raqami ko'rsatiladi.
To'lovchilar davlat bojini to'lashdan ozod etilgan hollarda, tegishli hujjatlarga (reyestrlarga, daftarlarga va boshqa shu kabilarga) tasdiqlovchi hujjatlarning ko'chirma nusxalari ilova qilingan holda belgi qo'yiladi, bundan pensiyalar va nafaqalar olish uchun ishonchnomalarni tasdiqlash hollari mustasno.
Davlat boji tushumlarini hisobga olish davlat bojini undiradigan davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda O'zbekiston Respublikasi Soliq qo'mitasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Davlat boji tushumlari bo'yicha hisobot davlat bojini undiruvchi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar tomonidan o'zi joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matn«Davlat boji to'g'risida»gi qonun
16-modda. Davlat boji to'lovlarini va tushumlarini hisobga olish
(16-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 27 ноябрдаги ЎРҚ-1099-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.11.2025 й., 03/25/1099/1104-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 1 март)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.