«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

21-modda. Bankni davlat ro'yxatiga olishni va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berishni rad etish

(21-модданинг номи Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)

Bankni davlat ro'yxatiga olishni va bank faoliyatiga doir tegishli litsenziya (litsenziyalar) berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi: Bankning shakllantirilgan ustav kapitali miqdorining bankni davlat ro'yxatiga olish va litsenziya berish to'g'risidagi arizani topshirish paytida ushbu Qonun talablariga muvofiq emasligi; ilgari baholashdan o'tgan va ushbu Qonunning 24-moddasi talablariga javob bergan muassislarning bevosita va bilvosita egalik qiluvchilarning, shu jumladan oxirgi benefitsiar mulkdorlarning endilikda ushbu modda talablariga muvofiq emasligi; muhim ahamiyatga ega xodimlarning Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi; bankning binolari, ularning muhofaza qilinishi ta'minlanganligi, uskunalar va ishlarni tashkil etish texnika vositalari bilan jihozlanganligining va dasturiy ta'minotining Markaziy bank talablariga muvofiq emasligi; nogironligi bo'lgan shaxslar uchun bank binolarida shaharsozlik normalari va qoidalarida belgilangan talablarga muvofiq qulay shart-sharoitlar yaratilganligi bo'yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasining xulosasi mavjud emasligi. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo'ladi: bankning barqaror moliyaviy holatga ega emasligi; bankning islomiy moliya kengashi a'zolari va islomiy bank faoliyatiga mas'ul bo'lgan rahbar xodimi Markaziy bankning malaka talablariga muvofiq emasligi; so'nggi ikki yil ichida bankda ushbu Qonunning 54 va (yoki) 55-moddalarida ko'rsatilgan qoidabuzarliklar aniqlanganligi; ushbu Qonunning 20¹-moddasida belgilangan ma'lumot yoki hujjatlar taqdim etilmaganligi yoki ularning Markaziy bank talablariga muvofiq emasligi. Bankni davlat ro'yxatiga olish va litsenziya berish rad etilganligi to'g'risidagi xabarnoma ariza beruvchiga ushbu Qonun 20-moddasining to'rtinchi qismida nazarda tutilgan muddatda va shakllarda, rad etish sabablari hamda ariza beruvchi ko'rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etib, takroran ko'rib chiqish uchun hujjatlarni taqdim etishi mumkin bo'lgan muddat ko'rsatilgan holda yuboriladi. Bankni ro'yxatga olish va litsenziya berish rad etilganligi to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat kamchiliklarni bartaraf etish uchun zarur bo'lgan vaqtga mutanosib bo'lishi kerak hamda ikki oydan kam bo'lishi mumkin emas. Ariza beruvchi tomonidan bankni davlat ro'yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish uchun asos bo'lgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda, hujjatlarni qayta ko'rib chiqish ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e'tiboran bir oydan oshmagan muddatda amalga oshiriladi. Bankni davlat ro'yxatiga olish va litsenziya berish to'g'risidagi arizani qayta ko'rib chiqish chog'ida bankni davlat ro'yxatiga olishni va litsenziya berishni rad etish haqidagi xabarnomada ilgari ko'rsatilmagan yangi asoslar bo'yicha rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Bankni davlat ro'yxatiga olishni va unga litsenziya berishni rad etish to'g'risidagi xabarnomada ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan bankni davlat ro'yxatiga olish va litsenziya berish to'g'risidagi ariza yangidan berilgan deb hisoblanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.