Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bank islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani olish uchun Markaziy bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish to'g'risidagi arizani;
bank aktsiyadorlari umumiy yig'ilishining islomiy bank faoliyatini yo'lga qo'yish to'g'risidagi qarorini;
bankning ushbu Qonun 14-moddasining to'rtinchi qismida ko'rsatilgan talablar inobatga olingan ustavini;
bankda bankning islomiy moliya kengashi, islomiy moliya masalalari bo'yicha maxsus bo'linmasi va islomiy moliya bo'yicha ichki auditi tashkil etilganligi to'g'risidagi ma'lumotni;
ushbu Qonun 16-moddasining ikkinchi qismida ko'rsatib o'tilgan hujjatlarni;
bankning islomiy bank faoliyatiga mas'ul bo'lgan rahbar xodimi Markaziy bankning malaka talablariga muvofiqligi to'g'risidagi ma'lumotlarni;
islomiy bank faoliyati bo'yicha bozor tahlili, moliyalashtirish rejalari, mahsulot va xizmatlar, moliyaviy prognozlar va tavakkalchiliklarni boshqarish masalalarini o'z ichiga olgan uch yillik biznes-rejani;
islomiy bank faoliyati doirasida amalga oshiriladigan moliyaviy operatsiyalar bo'yicha buxgalteriya hisobini alohida yuritish imkoniyati yaratilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni.
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish haqidagi qaror ariza barcha zarur hujjatlar bilan olingan kundan e'tiboran ikki oydan oshmagan muddatda qabul qilinadi.
Markaziy bank tegishli qaror qabul qilingan sanadan e'tiboran uch ish kuni ichida ariza beruvchi bankni qabul qilingan qaror haqida yozma shaklda, shu jumladan axborot-kommunikatsiya tizimi orqali elektron shaklda xabardor qiladi.
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi uchun qonunda belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi.
Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berilganligi to'g'risidagi axborot Markaziy bankning rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
20¹-modda. Bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo'lgan bankka islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani berish
(20¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан киритилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.