«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun

15-modda. Bankni tashkil etish

(Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан 15-модда учинчи қисмининг чиқарилиш санаси — 2026 йил 29 июнь — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон)

Banklar aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etiladi. Bank ta'sis etish yoki qayta tashkil etish yoxud mikromoliya tashkiloti faoliyatini o'zgartirish orqali tashkil etiladi. Banklarni litsenziyalash tartib-taomili quyidagi ikki bosqichdan iborat: Markaziy bank tomonidan bankni tashkil etishga doir dastlabki ruxsatnomani berish; bir vaqtning o'zida litsenziya bergan holda bankni davlat ro'yxatidan o'tkazish. Oraliq bankning tashkil etilishi va faoliyatni amalga oshirishining o'ziga xos xususiyatlari «Banklarni sanatsiya qilish va tugatish to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.