Bank o'z ustavi asosida faoliyat ko'rsatadi.
Bank ustavida quyidagilar ko'rsatilishi kerak:
bankning to'liq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda elektron pochta manzili;
ustav kapitalining miqdori;
ustav kapitalini ko'paytirish va kamaytirish tartibi;
chiqarilayotgan aktsiyalarning turlari va soni, aktsiyalar turlarining nisbati;
sof foydani taqsimlash, shuningdek zararlarning o'rnini qoplash tartibi;
zaxira fondini va boshqa fondlarni tashkil etish tartibi;
bank aktsiyadorlarining huquqlari va majburiyatlari, shu jumladan ushbu Qonun talablariga muvofiqlikni ta'minlash uchun bank tomonidan so'rab olinadigan axborotni taqdim etish majburiyatlari;
bankning boshqaruv organlari tuzilmasi, ularni tashkil etish tartibi, bank kuzatuv kengashi va boshqaruvi a'zolarining soni, vakolatlari va vazifalari haqidagi ma'lumotlar;
aktsiyadorlar (muassislar) o'rtasida manfaatlar to'qnashuvining oldini olish choralari;
bank tomonidan aktsiyalarni joylashtirish tartibi va shartlari;
bankni qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Bankning ustavida ushbu moddada belgilangan talablardan tashqari aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan ma'lumotlar ham bo'lishi kerak.
Islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning ustavida ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilganidan tashqari quyidagilar qo'shimcha ravishda ko'rsatilishi kerak:
islomiy moliya operatsiyalarini amalga oshirish;
islomiy bank faoliyatini amalga oshiruvchi bankning islomiy moliya masalalarini muvofiqlashtiruvchi islomiy moliya kengashi (bundan buyon matnda bankning islomiy moliya kengashi deb yuritiladi) a'zolarining soni, ularning vakolatlari va vazifalari;
bankning islomiy moliya kengashini tashkil etish tartibi va uning a'zolariga nisbatan qo'yiladigan talablar.
Bankning ustavi, unga kiritiladigan o'zgartish va qo'shimchalar Markaziy bankda ro'yxatdan o'tkazilishi lozim.
Bankning ichki qoidalari, shuningdek ularga kiritiladigan keyingi o'zgartish hamda qo'shimchalar banklar va bank faoliyati to'g'risidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilishi hamda Markaziy bankka taqdim etilishi kerak.
lex.uz’dagi asl matn«Banklar va bank faoliyati to'g'risida»gi qonun
14-modda. Bankning ustavi va ichki nizomlari
(14-модда Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 27 мартдаги ЎРҚ-1126-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 28.03.2026 й., 03/26/1126/0279-сон. Кучга кириш санаси — 2026 йил 29 июнь)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.