Xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Sovetlari mintaqalarning xususiyatlarini hisobga olgan holda aholini ish bilan ta'minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog'liq masalalarni hal qiladilar. Ularning qarorlarida, shuningdek jamoa shartnomalarida (bitimlarida) ishsizlik bo'yicha nafaqalar to'lashning, maqbul keladigan ishni aniqlashning ushbu Qonunga zid bo'lmagan, mehnatkashlarning ijtimoiy muhofazalanganligini kuchaytiruvchi shartlari va tartibi, shu jumladan xalq deputatlari tegishli Sovetlarining o'z mablag'lari hisobidan nafaqalar to'lash muddatlarini uzaytirish va nafaqalarni, shuningdek ta'lim olish davrida stipendiyalarni oshirish, pul to'lanadigan jamoat ishlaridagi mehnatga haq to'lash belgilanishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
8-modda. Davlat hokimiyati mahalliy idoralarining ish bilan ta'minlash siyosatini amalga oshirishdagi vakolatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.