1. Davlat ijtimoiy muhofazaga muhtoj bo'lib, ish topishda qiynaladigan, mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo'lmagan shaxslarga, shu jumladan 14 yoshga to'lmagan bolalari va nogiron bolalari bo'lgan yolg'iz hamda ko'p bolali ota-onalarga; umumiy ta'lim maktablarini, boshqa o'quv yurtlarini bitirgan yoshlarga; Qurolli Kuchlardan, IIV qo'shinlaridan, chegara qo'shinlaridan, milliy xavfsizlik qo'shinlaridan bo'shatilganlarga; nogironlarga, pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan kishilarga; qamoqdan ozod qilingan yoki sud qarori bilan majburiy davolanishga yuborilganlarga (quyida ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar deb yuritiladi) qo'shimcha ish joylari va ixtisoslashtirilgan korxonalar, shu jumladan nogironlar mehnat qiladigan korxonalar barpo etish, ish o'rgatishning maxsus dasturlarini tashkil etish yo'li bilan va boshqa choralar bilan qo'shimcha kafolatlarni ta'minlaydi.
2. Xalq deputatlari Sovetlari korxonalarga, muassasalarga va tashkilotlarga ijtimoiy muhofazaga muhtoj shaxslar uchun mo'ljallangan maxsus ish joylarining, shu jumladan ish bilan band qilishning moslashuvchan shakllarining eng kam miqdorini belgilab beradilar.
3. Bunday shaxslarni belgilangan kvotalardan ortiq ravishda ishga qabul qilgan korxonalarga O'zbekiston Respublikasining qonunlari bilan, xalq deputatlari mahalliy Sovetlarining qarorlari bilan daromad solig'i to'lashda, respublika va mahalliy byudjetlarga boshqa to'lovlar bo'yicha imtiyozlar beriladi. Bunday imtiyozlar Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
7-modda. Aholining ayrim toifalari uchun ish bilan ta'minlashning qo'shimcha kafolatlari
(7-модданинг 3-банди Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.