Xalq deputatlari mahalliy Sovetlari ish bilan ta'minlash davlat xizmatlarining takliflariga muvofiq va ularning ishtirokida o'z mulki bo'lgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda hamda shartnomalar asosida boshqa korxonalar, muassasalar, tashkilotlarda haq to'lanadigan jamoat ishlarini amalga oshirilishini tashkil etadilar.
Haq to'lanadigan jamoat ishlarini bajarishga doir shartnomalar davlat ish bilan ta'minlash xizmatlarida ro'yxatdan o'tgan va ishsizlik maqomini olgan fuqarolar bilan 2 oygacha (bu muddatni uzaytirish va ishsizlik muddatini uzaytirish huquqi bilan) muddatga tuziladi.
Jamoat ishlarini bajarish chog'ida fuqarolarga bajarilayotgan ishga qarab, biroq 15 foiz oshirilgan ishsizlik nafaqasi miqdoridan kam bo'lmagan miqdorda haq to'lash, ana shu ishlar muddatini umumiy va uzluksiz mehnat stajiga qo'shish, pensiya ta'minoti va vaqtincha ishga layoqatsizlik yuzasidan nafaqalar olish huquqi kafolati beriladi.
Haq to'lanadigan jamoat ishlariga jalb qilingan shaxslarga to'lanadigan ish haqining 50 foizidan kam bo'lmagan qismi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, qolgan qismi esa mahalliy byudjet mablag'laridan va aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi hisobidan qoplanadi.
Aholining turli guruhlari uchun haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish tartibi va ularni o'tkazish shartlari O'zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun
24-modda. Haq to'lanadigan jamoat ishlarini tashkil etish
(24-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни таҳририда — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.