«Aholini ish bilan ta'minlash to'g'risida»gi qonun

23-modda. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish respublika jamg'armasi

(23-модданинг олтинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 1993 йил 7 майдаги 854-ХII-сон Қонуни билан тўлдирилган — Олий Кенгаш Ахборотномаси, 1993 й., 6-сон, 238-модда)

1. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish respublika jamg'armasi respublika miqyosida va mahalliy darajada vujudga keltirilib, ish bilan ta'minlash siyosatini ro'yobga chiqarish borasidagi chora-tadbirlarni pul bilan ta'minlashga va ish bilan ta'minlash idoralarining samarali faoliyat ko'rsatishiga mo'ljallanadi. 2. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish davlat jamg'armasi O'zbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan belgilanadigan tartibda: mulkchilik va xo'jalik yuritish shaklidan qat'i nazar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, kooperativlar va boshqa ish beruvchilarning O'zbekiston Respublikasi Hukumati tabaqalashtirgan holda belgilaydigan, biroq mehnatga haq to'lash fondining uch foizidan ko'p bo'lmagan miqdordagi majburiy ajratmalari (bu xarajatlar mahsulot tannarxiga qo'shiladi); respublika va mahalliy byudjetlar mablag'laridan tegishli byudjetlarni shakllantirish chog'ida O'zbekiston Respublikasi Hukumati va xalq deputatlari Sovetlari belgilaydigan miqdordagi dotatsiyalar; ixtiyoriy ionalar, ushbu Qonunning 21 va 40-moddalariga muvofiq undiriladigan jarimalar va boshqa tushumlar hisobiga tashkil topadi. Aholini ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi hisobidan, ish bilan ta'minlashga ko'maklashish xizmati va ularning tuman bo'limlari qoshida ish o'rinlari tashkil etish maqsadida ochilgan ish o'rinlari tashkil etish maqsadida ochilgan korxonalar tijorat faoliyatidan olinadigan foydadan undiriladigan soliqlardan, shuningdek davlat va bojxona bojlari to'lovlaridan ozodi qilinadi. Bunda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va kooperativlarning ajratmalari hisobiga hosil bo'ladigan ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi mablag'larining 70 foizi Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ish bilan ta'minlash xizmatlarining tasarrufida qoladi (so'ngra ular nohiyalar va shaharlar uchun taqsimlanadi), 30 foizi esa respublika darajasida markazlashtiriladi. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasining hisobot yilida foydalanilmagan mablag'lari olib qo'yilishi mumkin emas va ular kelgusi moliya yiliga o'tadi. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi tijorat faoliyatidan olinadigan foydadan undiriladigan soliqlarning hamma turini to'lashdan, shuningdek davlat va bojxona poshlinalaridan ozod qilinadi. 3. Ish bilan ta'minlashga ko'maklashish jamg'armasi mablag'larini nimalarga sarflash aholini ish bilan ta'minlash borasidagi tegishli respublika va mintaqa dasturlarida belgilab beriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.