Avtotransport vositasi qayta jihozlaganda uni qayta ro'yxatdan o'tkazish quyidagi hujjatlar asosida amalga oshiriladi:
avtotransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
raqamli agregatlar (elektron hisob-ma'lumotnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, bitta yuridik shaxsga tegishli bo'lgan avtotransport vositalari uchun yuk xati (elektron ko'rinishdagi notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi «Notarius» tizimidan olinadi) va avtotransport vositasi qayta jihozlanganda ishlatilgan boshqa detallarning olinganligining qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar;
YHXDX tomonidan berilgan avtotransport vositalarini qayta jihozlashga ruxsati bo'lgan avtotransport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus korxonada qayta jihozlashni amalga oshirganlikni tasdiqlovchi hujjat;
ushbu avtotransport vositasida qayta jihozlashni amalga oshirish uchun DYHXX tomonidan berilgan ruxsatnomaning nusxasi (tegishli tasdiqnomaga ega bo'lgan avtotransport vositasini ta'mirlash va unga texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha ixtisoslashtirilgan korxonalarda avtotransport vositasi qayta jihozlangan holatlar bundan mustasno);
ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to'lovlarni to'laganlikni tasdiqlovchi bank to'lov hujjati (to'lovlardan ozod etilgan shaxslar va elektron to'lov tizimlar orqali to'lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
Avtotransport vositasi qayta jihozlanganda, jumladan, gaz ballon uskunalari o'rnatilganda, avtomototransport vositasining ro'yxatga olish elektron kartasiga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi, avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida ilgari berilgan guvohnoma esa transport vositasining yangi raqam agregati ko'rsatilgan, shuningdek, gaz ballon uskunalari o'rnatilganligi to'g'risidagi belgi qo'yilgan holda yangisiga almashtiriladi. Bunda, avtotransport vositasiga gaz ballon uskunalari o'rnatilganligi to'g'risidagi dalolatnoma va gaz ballonlarining muvofiqlik sertifikatlari nusxalari taqdim etiladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
55-band. 6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish — 55-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.