Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

54-band. 6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish — 54-band

Avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) nomer agregati o'zgarganda, avtotransport vositasini qayta ro'yxatdan o'tkazish uchun mulkdor yoki uning vakili YHXX va uning hududiy boshqarmalariga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi: avtotransport vositasi egasi yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjat; raqam agregatlarining qonuniy olinganligini tasdiqlovchi hujjat (elektron hisob-ma'lumotnoma, bojxona yuk deklaratsiyasi, bitta yuridik shaxsga tegishli bo'lgan avtotransport vositalari uchun yuk xati (elektron ko'rinishdagi notarius tomonidan tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi «Notarius» tizimidan olinadi); avtotransport vositalarini ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish bo'yicha maxsus korxonada raqam agregatlarining almashtirilganligini va (yoki) rangining o'zgartirilganligini (rang o'zgartirilganda) tasdiqlovchi hujjat; O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasining gaz ballonlarini sinovdan o'tkazish huquqini beruvchi ruxsatnomasi mavjud bo'lgan tashkilot tomonidan transport vositalariga o'rnatilgan gaz ballonlari sinovdan o'tkazilganligi to'g'risidagi dalolatnoma (gaz ballon o'rnatilmagan transport vositalari mustasno); ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirish mobaynidagi YHXX va uning hududiy boshqarmalari tomonidan undiriladigan belgilangan miqdordagi to'lovlar to'laganligini tasdiqlovchi bank to'lov hujjati (to'lovlardan ozod etilgan shaxslar va elektron to'lov tizimlar orqali to'lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno). Transport vositasining rangi va (yoki) raqam agregati o'zgarganda, avtomototransport vositasining ro'yxatga olish elektron kartasiga tegishli o'zgartirishlar kiritiladi, ilgari berilgan avtomototransport vositasini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma esa transport vositasining yangi rangi va (yoki) raqam agregatini ko'rsatgan holda almashtiriladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.