Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

50-band. 6-bob. Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish — 50-band

Avtomototransport vositalarini qayta ro'yxatdan o'tkazish quyidagi holatlarda amalga oshiriladi: a) mulkdor — jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi o'zgarganda, shuningdek mulkdor — yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yoki nomlanishi o'zgarganda; b) avtomototransport vositasining ro'yxatdan o'tkazish joyini o'zgartirishni talab qilmagan holatda avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganda; v) yuridik shaxslarga tegishli yuk avtotransport vositalarining, avtobus va mikroavtobuslarining saqlab turiladigan joyi o'zgarganda; g) avtomototransport vositalarining rangi va (yoki) raqam agregati o'zgarganda; d) avtomototransport vositasi qayta jihozlanganda; ye) avtomototransport vositasini yoki RO'DRBni ro'yxatdan o'tkazish guvohnomasi yaroqsiz holga kelganda, shikastlanganda yoki yo'qolganda.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.