YHXX va uning hududiy boshqarmalarida quyidagi transport vositalari davlat ro'yxatidan o'tkazilmaydi:
yopiq joylarda va qishloq xo'jaligida qo'llaniladigan umumiy yo'llarda foydalanishga mo'ljallanmagan texnologik transport vositalari (traktor, traktor tirkamalari, qurilish-yo'l va meliorativ texnikasi, o'ziyurar va qishloq xo'jaligi mashinalari);
tramvay va trolleybuslar;
O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga tegishli bo'lgan harbiy transport vositalari;
ishlab chiqarilganiga 50 yil va undan ortiq bo'lgan transport vositalari («antikvar» avtomototransport vositalari bundan mustasno);
eng yuqori konstruktiv tezligi soatiga 25 kilometrdan oshmaydigan, ish hajmi 25 sm³ gacha bo'lgan ichki yonuv dvigateliga ega yoki nominal (belgilangan) quvvati 0,25 kilovattgacha bo'lgan kichik hajmdagi mototransport vositalari.
Ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi xatboshilarda ko'rsatilgan transport vositalari tegishli vazirliklar va idoralar tomonidan belgilangan tartibda davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
5-band. 1-bob. Umumiy qoidalar — 5-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.