Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

44-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 44-band

Avtomototransport vositasi bilan egasining yashash (turgan) joyi olti oydan ko'p bo'lgan muddatga vaqtinchalik o'zgarganda, shuningdek avtomototransport vositasi u ro'yxatdan o'tgan hududiy boshqarmalardan tashqarisiga vaqtincha chiqib ketganda, avtomototransport vositasi quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkaziladi: avtomototransport vositasining egasi yoki uning vakilining belgilangan namunadagi arizasi; avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati; avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi vaqtinchalik o'zgarganligi holatlarini tasdiqlovchi hujjatlar (pasport (yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida ma'lumoti bilan) yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, xizmat safari to'g'risidagi guvohnoma va boshqalar).
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.