Avtomototransport vositasining vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish joyi o'zgartirilishi talab etilayotgan avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganda, avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish uchun egasi yoki uning vakili hududiy boshqarmalarga quyidagi hujjatlarni taqdim etgan holda murojaat qiladi:
avtomototransport vositasi egasining yoki uning vakilining shaxsini tasdiqlovchi hujjati;
avtomototransport vositasi egasining yashash (turgan) joyi yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o'zgarganligini tasdiqlovchi hujjatlar (yashash bo'yicha ro'yxatdan o'tganligi to'g'risida belgisi bilan pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-karta, yuridik shaxsning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi guvohnoma va boshqalar);
YHXX va uning hududiy boshqarmalarining ro'yxatdan o'tkazish harakatlarini amalga oshirishdagi xizmatlari uchun belgilangan miqdordagi to'lovlarning to'langanligi haqida bank to'lov hujjati (to'lovlarni to'lashdan ozod etilgan shaxslar va elektron to'lov tizimlar orqali to'lov amalga oshirilgan hollar bundan mustasno).
Ushbu asos bo'yicha avtomototransport vositasini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish, tegishli asoslarning mavjud holatlaridan tashqari, oldingi vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish muddatini o'zgartirmagan holda amalga oshiriladi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
43-band. 4-bob. Avtomotransport vositalarini vaqtinchalik ro'yxatdan o'tkazish — 43-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.