Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)

15-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 15-band

Yuridik shaxslarning avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish yuridik shaxslarni davlat ro'yxatidan o'tkazish guvohnomasida ko'rsatilgan joylashgan joy, yuridik shaxs nomi, STIR raqami bo'yicha amalga oshiriladi. Akkreditatsiyadan o'tgan yoki qonunchilikda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasida ro'yxatdan o'tgan diplomatik vakolatxonalar yoki konsullik muassasalariga; xalqaro tashkilotlarga, ularning vakolatxonalariga va filiallariga (xalqaro hukumatlararo va nohukumat tashkilotlarni kiritgan holda); chet davlatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlariga, ularning vakolatxonalari va filiallariga; muxbirlar va muxbirlik punktlariga (byuro, ofis); savdo vakolatxonalariga, chet el banklari va tijorat tashkilotlari vakolatxonalariga, shuningdek doimiy muassasalarga tegishli bo'lgan avtomototransport vositalari O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi «Diplomatik servis xizmati» davlat muassasasi yordamida davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.