Jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalari ularning yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan joyi bo'yicha, yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan joyi bo'lmasa — turgan joyi bo'yicha davlat ro'yxatidan o'tkaziladi.
Bunda ro'yxatdan o'tkazish avtomototransport vositasi egasining yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tgan hududidan qat'i nazar, har bir hududda avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish, qayta ro'yxatdan o'tkazish va ularga davlat raqami belgilarini berish uchun mas'ul etib belgilangan hududiy YHXX organlarida ham amalga oshirilishi mumkin.
Avtotransport vositasini 18 yoshga to'lmagan jismoniy shaxs nomiga, mototransport vositasini esa 16 yoshga to'lmagan jismoniy shaxs nomiga davlat ro'yxatidan o'tkazishda, ularning nomidan qonuniy vakillari (ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiy yoki homiylari) ishtirok etadi.
Muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxs nomiga avtomototransport vositasini davlat ro'yxatidan o'tkazish, agar muomalaga layoqatsiz shaxsda avtomototransport vositasiga bo'lgan mulk huquqi belgilangan tartibda meros yoki hadya natijasida paydo bo'lgan bo'lsa amalga oshiriladi.
Agar hadya shartnomasi, sud qarori yoki meros to'g'risidagi guvohnomada bir avtomototransport vositasining egasi sifatida bir necha shaxslar ko'rsatilgan bo'lsa, avtomototransport vositasi ularning kelishuviga ko'ra ulardan birining nomiga davlat ro'yxatidan o'tkaziladi. Avtomototransport vositalari egalarining, avtomototransport vositasini ulardan birining nomiga davlat ro'yxatidan o'tkazish to'g'risidagi kelishuvi notarius tomonidan tasdiqlanadi.
lex.uz’dagi asl matnAvtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish qoidalari (VM qarori №683, 2017)
14-band. 2-bob. Avtomototransport vositalarini davlat ro'yxatidan o'tkazish — 14-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.