Shahar atrofi yo'nalishlarida to'xtab o'tish manzillari yo'lovchilar uchun eng qulay joylarda bo'lishi kerak:
a) shahar atrofi yo'nalishlarining shahardagi so'nggi bekatlari yo'lovchilar gavjum bo'ladigan yirik manzillar (temir yo'l vokzallari va stantsiyalari, daryo portlari, bozorlar, metropolitenning oxirgi bekatlari va shu kabilar) yonida bo'lishi kerak;
b) shaharda shahar atrofi yo'nalishlarining to'xtab o'tish manzillari shahar yo'lovchi tashish transporti yo'nalishlari to'xtab o'tish manzillari bilan bir joyda bo'lishi va shaharning transportni boshqarish bo'yicha vakolati organlari bilan kelishilgan bo'lishi kerak;
v) aholi yashash joylari chegaralarida joylashgan shahar atrofi yo'nalishlari to'xtab o'tish manzillari oralig'idagi masofa 1,0 km atrofida, qolgan hollarda — o'rtacha 1,5 km bo'lishi kerak;
g) shahar atrofidagi bekatlar yo'nalish trassasida joylashgan har bir aholi yashash joyida bo'lishi kerak.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
39-band. 1-§. Umumiy qoidalar — 39-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.