Shahar atrofi yo'nalishlaridagi bekatlar yo'lovchilarning u yerga xavfsiz va qulay kelishini ta'minlashni hamda qonunchilik talablarini hisobga olgan holda joylashtirilishi va ular quyidagilarga ega bo'lishi kerak:
a) pavilonni joylashtirish uchun asfaltlangan maydonchalar va yo'lovchilarning bekatga kelishi uchun asfaltlangan yo'lkalar;
b) yo'lovchilarning yomg'ir, qor, shamoldan bekinishi uchun pavilon;
v) bekatning nomi yozilgan ko'rsatkich;
g) yo'nalishlar ko'rsatkichi, unda quyidagilar ko'rsatiladi: yo'nalishlarning tartib raqami, ularning oxirgi manzili nomi (qatnov yo'nalishlari bo'yicha), harakatlanish oralig'i 30 minutdan ortiq bo'lganda ushbu manzildan avtobuslarning jo'nash jadvali. Yo'nalishda avtobuslar qatnovi oralig'i 30 minutdan kam bo'lganda jadval o'rniga qatnovlar oralig'i jadvali ko'rsatilishi mumkin. Unda avtobuslarning birinchi va oxirgi jo'nash vaqti hamda sutka davrlari bo'yicha qatnov oraliqlari vaqti ko'rsatilgan bo'ladi.
lex.uz’dagi asl matnПравила перевозки пассажиров и багажа автомобильным транспортом (ПКМ №482, 2003)
38-band. 1-§. Umumiy qoidalar — 38-band
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.