Mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari yo'l harakati sohasidagi hududiy dasturlarni tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari:
yo'l harakati sohasidagi davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
yo'l harakati sohasidagi hududiy dasturlarni ishlab chiqadi, tasdiqlash uchun mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritadi va ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi;
xo'jaliklararo qishloq yo'llarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning ko'chalarida yo'l harakati monitoringini tashkil etadi hamda amalga oshiradi;
xo'jaliklararo qishloq yo'llarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning ko'chalarida joylashgan to'xtab turish joylarining, shu jumladan pulli to'xtab turish joylarining reyestrini yuritadi;
Davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishuvga ko'ra, xo'jaliklararo qishloq yo'llarida, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullarning ko'chalarida yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari o'rnatilishini, almashtirilishini, olib tashlanishini va ularga texnik xizmat ko'rsatilishini amalga oshiradi;
yo'l harakatini tashkil etishning texnik vositalari joylashuvini yuritadi hamda ularning joylashuvga muvofiqligi va texnik holati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
yo'l harakati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etadi;
yo'llarga tutash bo'lgan hududlarda xizmat ko'rsatish infratuzilmasi ob'yektlarini tashkil etadi va rivojlantiradi;
yo'l harakati xavfsizligi tibbiy jihatdan ta'minlanishini, shuningdek yo'l-transport hodisalarida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko'rsatilishini tashkil etadi;
xo'jaliklararo qishloq yo'llarining, tumanlar (shaharlar), shaharchalar, qishloqlar va ovullar ko'chalarining, shahar elektr transporti yo'llarining, shuningdek yo'l harakatini tashkil etish texnik vositalarining jihozlanishini va soz holatda saqlanishini ta'minlaydi;
yo'l-transport hodisalarining profilaktikasi bo'yicha choralar ko'radi, aholi o'rtasida Yo'l harakati qoidalariga rioya etilishi bo'yicha targ'ibotni amalga oshiradi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
8-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining yo'l harakati sohasidagi vakolatlari
(8-модда Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонунига асосан биринчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.