O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
yo'l harakati sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning amalga oshirilishini ta'minlaydi;
yo'l harakati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o'z vakolatlari doirasida ishlab chiqadi va qabul qiladi;
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining yo'l harakati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;
yo'l harakati sohasi bilan bog'liq mutaxassisliklar, kasblar va lavozimlar ro'yxatini, shuningdek ularga doir malaka talablarini belgilaydi;
yo'l harakatini tashkil etishning asosiy ko'rsatkichlarini shakllantirish, ularning hisobini yuritish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlaydi;
transport vositalari va yo'llarning texnik holatiga, yo'llarda va temir yo'llar kesishmalarida yo'l harakati xavfsizligiga doir yagona talablarni belgilaydi;
transport vositalarining haydovchilarini tayyorlashga, shuningdek aholiga Yo'l harakati qoidalarini o'rgatishga doir umumiy talablarni belgilaydi;
haydovchilarni, transport vositalarini, Yo'l harakati qoidalarining buzilishlarini, yo'l-transport hodisalarini va yo'l harakati sohasidagi boshqa ma'lumotlarni hisobga olishning yagona tizimini tasdiqlaydi.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnЗакон «О дорожном движении» (2024)
7-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining yo'l harakati sohasidagi vakolatlari
(7-модда биринчи қисмининг тўртинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Vazirlar Mahkamasi yo'l harakati sohasida eng yuqori davlat organi hisoblanadi. U yo'l xavfsizligi, transport vositalarining talablari, haydovchilar tayyorlashi va yo'l harakati qoidalari haqida asosiy qarorlar qabul qiladi. Shuningdek, barcha yo'l harakati ma'lumotlarini yagona tizimda saqlaydi.
**Kimga tegishli**
Bu vakolatlar O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tegishli.
**Amalda**
Agar yo'l xavfsizligini oshirish kerak bo'lsa, Vazirlar Mahkamasi yangi qoidalar ishlab chiqadi va barcha viloyatlarga yuboradi. Masalan, haydovchilarning sog'liq ko'rikdan o'tish talablarini yoki transport vositalarining texnik xavfsizlik standartlarini belgilaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.