Yo'llarda transport vositalarining harakati bir sutkadan ortiq muddatga cheklangan yoki taqiqlangan taqdirda alohida yo'l harakatini tashkil etish loyihalari ishlab chiqiladi.
Yo'llarda transport vositalarining harakatlanishini cheklash yoki taqiqlash davri uchun alohida yo'l harakatini tashkil etish loyihalari yo'l harakati ishtirokchilarining harakat yo'nalishini belgilash maqsadida quyidagi holatlarda ishlab chiqiladi:
yo'llarni qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash chog'ida;
transport vositalarining harakatlanishiga ta'sir qiluvchi qurilish, ta'mirlash ishlarini va boshqa ishlarni bajarish, shu jumladan muhandislik infratuzilmasi ob'yektlarini qurish, rekonstruktsiya qilish, kapital ta'mirlash yoki ta'mirlash chog'ida;
ommaviy tadbirlarni (sport tadbirlari va madaniy tadbirlar, kino- va fototasvirga olish, ommaviy sayrlar, yarmarkalar, ommaviy yurishlar va boshqa tadbirlar) o'tkazish chog'ida;
dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida dam olish ob'yektlari hamda zonalari bilan bog'laydigan yo'llar bo'ylab harakatlanish jadalligi normadan oshganda.
lex.uz’dagi asl matnYo'l harakati to'g'risidagi qonun
30-modda. Alohida yo'l harakatini tashkil etish loyihalari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.