Yer kodeksi

49¹-modda. Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga yer uchastkalarini berish

(49¹-модда Ўзбекистон Республикасининг 2022 йил 6 июндаги ЎРҚ-775-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.06.2022 й., 03/22/775/0477-сон)

Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari belgilangan tartibda qishloq xo'jaligi sohasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinov ishlarini amalga oshirish, ta'lim maqsadlari, tovar qishloq xo'jaligini yuritish hamda ilg'or tajribani targ'ib qilish uchun beriladi. Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalari yer uchastkalarini ijaraga yoki ikkilamchi ijaraga berish huquqiga ega emas. Tajriba-ishlab chiqarish, o'quv, o'quv-tajriba va o'quv-ishlab chiqarish xo'jaliklariga hamda boshqa davlat ilmiy-tadqiqot va ta'lim muassasalariga berilgan, qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlarda imoratlar va inshootlar qurishga mazkur yerlarning toifasi ushbu Kodeksning 9-moddasida nazarda tutilgan tartibda o'zgartirilganidan keyin yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.