Qishloq xo'jaligi kooperativi — qishloq xo'jaligi faoliyatini amalga oshirish uchun pay usuliga, jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan mustaqil tijorat tashkiloti.
Qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlari qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda (xo'jalik jamiyatlari hamda shirkatlari shaklida) ham tuzilishi mumkin.
Qishloq xo'jaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini yuritish maqsadida yer uchastkalari beriladi, mazkur yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanilgan taqdirda esa ular ijaraga qo'shimcha yer uchastkalari olishi mumkin.
Qishloq xo'jaligi kooperativlariga va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlariga berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan va fuqarolarga dehqon xo'jaligini yuritish uchun berilgan yerlardan iborat bo'ladi hamda ulardan faqat ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalaniladi.
Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar qishloq xo'jaligi kooperativlariga, qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga elektron onlayn-auktsion orqali beriladi. Yer uchastkasining ijara shartnomasi qishloq xo'jaligi kooperativi raisi, boshqa qishloq xo'jaligi korxonasi, muassasasi, tashkiloti rahbari bilan tuman hokimi o'rtasida tuziladi. Yer uchastkalarini olgan qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga Ko'chmas mulk ob'yektlariga bo'lgan huquqlarning davlat reyestridan elektron ko'chirma beriladi.
Qishloq xo'jaligi kooperativlari va boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari hamda tashkilotlarining yer uchastkalariga bo'lgan huquqi ular uyushmalar va boshqa agrosanoat birlashmalari tarkibiga kirganida saqlanib qoladi.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
49-modda. Qishloq xo'jaligi kooperativlariga, boshqa qishloq xo'jaligi korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga yer uchastkalari berish
(49-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.