Servitut quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
servitut ishtirokchilarining o'zaro kelishuviga ko'ra;
yer egasining, yerdan foydalanuvchining, yer uchastkalari ijarachisi va mulkdorining yoki servitut kimning manfaatlarini ko'zlab belgilangan bo'lsa, o'sha shaxsning asoslangan talabiga ko'ra;
servitutdan uzoq muddat (kamida uch yil) foydalanilmaganda;
servitutning amal qilish muddati tugaganda;
agar servitut belgilash uchun sabab bo'lib xizmat qilgan asoslar o'z ahamiyatini yo'qotgan bo'lsa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga ko'ra.
Servitutni bekor qilish to'g'risida servitut ishtirokchilari o'rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda, servitut sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matnYer kodeksi
30⁴-modda. Servitutni bekor qilish
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.