Yer uchastkasiga nisbatan servitut to'g'risidagi shartnoma yozma shaklda tuziladi.
Servitut to'g'risidagi shartnomada quyidagi shartlar ko'rsatilishi kerak:
servitut belgilanishi kerak bo'lgan yer uchastkasining kadastr raqami;
servitutni belgilashning maqsadlari va asoslari;
shartnoma taraflari to'g'risidagi ma'lumotlar;
servitutning amal qilish muddati;
servitut uchun belgilangan haq miqdori (mavjud bo'lganda);
shartnoma taraflarining huquq va majburiyatlari hamda javobgarligi;
belgilangan servitut muddati tugaganidan keyin yer uchastkasini undan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga muvofiq foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish haqidagi servitut majburiyati.
lex.uz’dagi asl matn30¹-modda. Servitut to'g'risidagi shartnoma
(30¹-модда иккинчи қисмининг саккизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 5 майдаги ЎРҚ-1061-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 05.05.2025 й., 03/25/1061/0409-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Servitut to'g'risidagi shartnoma — bu ikki tomon o'rtasida yozma ravishda tuzilgan kelishuv. Bir tomon boshqa tomonning o'z yer uchastkasidan muayyan maqsadda foydalanishiga ruxsat beradi. Masalan, qo'shni yer egasi sizning yer uchastkasidan suv o'tkazish uchun foydalanishi mumkin.
Kimga tegishli
Bu shartnoma yer uchastkasining egasi va servitutdan foydalanuvchi odam yoki tashkilot o'rtasida tuziladi.
Amalda
Qo'shni uy egasi elektr kabelini o'tkazish uchun sizning yer uchastkasidan foydalanmoqchi. Siz bilan yozma shartnoma tuzasiz — unda yer raqami, maqsad, muddati va to'lov miqdori ko'rsatiladi. Shartnoma tugagach, u kabelni olib tashlashi kerak.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.