Zo'ravonlik takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo'ravonlikdan jabrlanganning xavfsizligini ta'minlash maqsadida shaxsning zo'ravonlikka moyil xulq-atvorini o'zgartirishda unga ruhiy va ijtimoiy yordam ko'rsatishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Zo'ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo'lgan shaxs zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturidan o'tadi.
Zo'ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo'lgan shaxsning zo'ravonlik xulq-atvorini o'zgartirish bo'yicha tuzatish dasturidan o'tish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
29-modda. Zo'ravonlik sodir etgan shaxsning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.