Zo'ravonlik fakti mavjud bo'lgan taqdirda tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining yoki uning qonuniy vakilining boshpana berish to'g'risidagi talabi bo'yicha tegishli vakolatli organlar va tashkilotlar tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarning maxsus markazlarga joylashtirilishini ta'minlaydi. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining voyaga yetmagan bolalari ular bilan birga maxsus markazlarga joylashtirilishi mumkin.
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchini maxsus markazga joylashtirish uning xohishiga ko'ra o'ttiz kungacha bo'lgan muddatga amalga oshiriladi. Zarurat bo'lgan taqdirda bu muddat maxsus markazning ustavida belgilangan tartibda uzaytiriladi. Maxsus markazga joylashtirish muddati tugagach, agar tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchiga nisbatan xavf mavjud bo'lsa, maxsus markaz ma'muriyati bu haqda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishi shart.
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchi maxsus markazga joylashtirilgan taqdirda, uning ish joyi (lavozimi) saqlab qolinadi. Bunda tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazga joylashtirilganligi unga ushbu markazda bo'lgan davri, biroq bir oydan ortiq bo'lmagan muddat uchun vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqasi berish uchun asos bo'ladi.
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchining maxsus markazda bo'lish vaqti uni ta'lim muassasasidan mashg'ulotlarni o'tkazib yuborganligi munosabati bilan chiqarish uchun asos bo'lmaydi.
Maxsus markazlar ushbu markazlarga joylashtirilgan tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilar hamda ularning voyaga yetmagan bolalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ko'zlab, sudlarga davlat boji to'lamasdan ariza, shikoyat va da'volar taqdim etadi, sud majlislarida o'zining vakolatli vakili orqali ishtirok etadi.
Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarga, shuningdek ularning o'zi bilan birga maxsus markazlarga joylashtirilgan voyaga yetmagan bolalariga yordam ko'rsatish bilan bog'liq xarajatlar tazyiq o'tkazganlikda va zo'ravonlik sodir etganlikda aybdor deb topilgan shaxsdan undirilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn«Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish to'g'risida»gi qonun
28-modda. Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlanuvchilarni maxsus markazlarga joylashtirish
(28-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2026 йил 1 июлдаги ЎРҚ-1156-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 02.07.2026 й., 03/26/1156/0670-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.