Uy-joy kodeksi

99-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uylaridan turar joy olish va ulardan foydalanish huquqini amalga oshirish shartlari hamda tartibi

(99-модданинг иккинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosiga kooperativ a'zolarining umumiy yig'ilishi qaroriga ko'ra, pay badali miqdoriga muvofiq, bir yoki bir necha xonadan iborat bo'lgan alohida kvartira beriladi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari uyidagi kvartiralarga mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organi beradigan orderga muvofiq ko'chib kiriladi. Order berishni rad etish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativi pay badali turar joyning qurilish yoki xarid qiymati umumiy summasiga teng bo'lgan mulkiy (pul) badali hisoblanadi. Uy-joy qurish kooperativi a'zolariga beriladigan kvartiralarning qiymati uyni qurish uchun amalda qilingan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi. Pay badali uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi tomonidan bir yo'la yoki bo'lib-bo'lib to'lanadi. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi a'zosi pay badalining qolgan qismini muddatidan oldin to'lash huquqiga egadir.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.