Uy-joy kodeksi

98-modda. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro'yxatdan o'tkazish

(98-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari kooperativ a'zolarining umumiy yig'ilishi qabul qilgan ustav asosida faoliyat ko'rsatadi va davlat xizmatlari markazlarida ro'yxatdan o'tishi kerak. Bitta uyda ikkita uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativlarining tuzilishiga yo'l qo'yilmaydi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlari, agar ularning ustavida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo'lsa, faoliyat muddati cheklanmagan holda tuziladi. Uy-joy qurish va uy-joy kooperativlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun quyidagilar taqdim etiladi: ariza; umumiy (ta'sis) yig'ilishning bayonnomasi; uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining ustavi; qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hujjatlar. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativining nomida faoliyatining asosiy maqsadi ko'rsatilishi, shuningdek «kooperativ» so'zi bo'lishi kerak. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro'yxatga olish uchun taqdim etilgan hujjatlar belgilangan muddatda ko'rib chiqiladi va shu muddat mobaynida quyidagi qarorlardan biri qabul qilinadi: uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida; taqdim etilgan hujjatlarni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish muddati to'g'risida; uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini ro'yxatdan o'tkazishni rad etish to'g'risida. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativini tuzish tartibi va shartlari buzilgan, uning ustavi qonunchilik talablariga muvofiq kelmagan holdagina tegishli kooperativni ro'yxatdan o'tkazish rad etilishi mumkin. Uy-joy qurish yoki uy-joy kooperativi tuzilishi maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan uni ro'yxatdan o'tkazishni rad etishga yo'l qo'yilmaydi. Ro'yxatdan o'tkazuvchi organning qarori ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.