Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining turar joyiga berilgan hujjat (order) haqiqiy emas deb topilgan holda g'ayriqonuniy harakatlari oqibatida hujjatni (orderni) olgan shaxslar ularga boshqa turar joy bermasdan ko'chiriladi. Agar hujjatda (orderda) ko'rsatilgan fuqarolar ilgari davlat uy-joy fondining uyidagi turar joydan foydalanib kelgan bo'lsalar, ularga ilgari egallab turgan turar joyi qaytarilishi yoki boshqa turar joy berilishi kerak.
Agar hujjat (order) boshqa asoslarga ko'ra haqiqiy emas deb topilsa, hujjatda (orderda) ko'rsatilgan fuqarolar ularga boshqa turar joy yoki ilgari o'zlari egallab turgan turar joy berilgan holda ko'chiriladilar.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
47-modda. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish oqibatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.