Uy-joy kodeksi

46-modda. Turar joy hujjatini (orderini) haqiqiy emas deb topish asoslari va tartibi

Fuqarolar tomonidan uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtojlik to'g'risida haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumotlar taqdim etilganda, boshqa fuqarolar yoki yuridik shaxslarning hujjatda (orderda) ko'rsatilgan turar joyga bo'lgan huquqlari buzilganda, turar joy berish to'g'risidagi masalani hal etishda mansabdor shaxslar tomonidan g'ayriqonuniy harakatlar qilinganda, shuningdek turar joy berish tartibi va shartlarining boshqacha buzilishlari sodir etilgan hollarda munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joyga berilgan hujjat (order) sud tartibida haqiqiy emas deb topilishi mumkin. Hujjatni (orderni) haqiqiy emas deb topish to'g'risidagi talab hujjat (order) berilgan kundan boshlab uch yil mobaynida qo'zg'atilishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.