Uy-joy kodeksi

16¹-modda. Ko'p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari

(16¹-модданинг бешинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 30 декабрдаги ЎРҚ-1109-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.12.2025 й., 03/25/1109/1241-сон)

Ko'p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joyga nisbatan mulk huquqiga ega bo'lgan fuqarolar yoki yuridik shaxslar ko'p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari bo'lishi mumkin. Yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka nisbatan ulushli mulk ishtirokchilaridir. Ko'p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari bunday joylarning asralishini, tegishli texnik va sanitariya holatini ta'minlashi, joylarni o'z hisobidan joriy va kapital ta'mirlash ishlarini amalga oshirishi, ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta'mirlash bo'yicha umumiy xarajatlarni o'z zimmasiga olishi shart. Yashash uchun mo'ljallanmagan joy mulkdorining ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni saqlash va ta'mirlash bo'yicha umumiy xarajatlardagi ishtiroki ulushi uyning umumiy maydonidagi mulkdorga qarashli yashash uchun mo'ljallanmagan joy maydoniga mutanosib ravishda belgilanadi. Ko'p kvartirali uydagi yashash uchun mo'ljallanmagan joy mulkdori tegishli ruxsatnoma olmasdan o'ziga qarashli joyni o'zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o'zgartirgan taqdirda, qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo'ladi hamda bu joyni o'z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.