Fuqarolar va yuridik shaxslar ko'p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylardan bevosita belgilangan maqsadda foydalanishlari shart.
Fuqarolar va yuridik shaxslar yashash uchun mo'ljallanmagan joylarni, qurilmalarni hamda inventarni tegishli tartibda saqlashlari, zarur ta'mirlash ishlarini bajarishlari, sanitariya va yong'inga qarshi qoidalarga rioya etishlari, yoqilg'i-energetika resurslarini tejash choralarini ko'rishlari shart.
Ko'p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylarga sanoat ishlab chiqarishini joylashtirishga yo'l qo'yilmaydi. Bunday joylarda amalga oshirilishi ruxsat etilgan faoliyat turlarining ro'yxati O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ko'p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylarga nosanoat yo'nalishidagi korxona, muassasa, tashkilotlarni, ofislarni qonunchilikda belgilangan tartibda joylashtirishga yo'l qo'yiladi.
lex.uz’dagi asl matnUy-joy kodeksi
16-modda. Ko'p kvartirali uylardagi yashash uchun mo'ljallanmagan joylardan foydalanish
(16-модданинг тўртинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.