Kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar sovuq va issiq suv ta'minoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish, elektr ta'minoti, gaz ta'minoti, isitish (issiqlik ta'minoti), qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun to'lanadigan to'lovlardan iboratdir.
Davlat va xususiy uy-joy fondlaridagi joylarning mulkdorlari, ijaraga, arendaga oluvchilari o'zlariga ko'rsatiladigan kommunal xizmatlar uchun qonunchilikka va kommunal xizmatlar ko'rsatuvchi korxonalar (ijrochilar) bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq majburiy to'lovlar to'laydi.
Uy-joy ob'yektining manzili bo'yicha doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar elektr ta'minoti, gaz ta'minoti, suv ta'minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari ko'rsatilganligi uchun haq to'lash bo'yicha majburiyatlar yuzasidan qonunchilikka va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchi (bajaruvchi) korxonalar bilan tuzilgan shartnomalarga muvofiq solidar javobgar bo'ladi.
Ko'rsatiladigan kommunal xizmatlarning tariflari va mazkur xizmatlar normativlari qonunchilikka muvofiq tasdiqlanadi.
Kommunal xizmatlar ko'rsatish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn133-modda. Kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar
(133-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 29 августдаги ЎРҚ-951-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 30.08.2024 й., 03/24/951/0673-сон)
Oddiy tilda
Nimani anglatadi
Kommunal xizmatlar uchun majburiy to'lovlar - bu suv, gaz, elektr, isitish va boshqa uy-joy xizmatlarini olganingiz uchun to'lash kerak bo'lgan pul. Uy egasi yoki ijarachisi bu xizmatlarni olsa, ularning narxini to'lashi shart. To'lovni qonun va xizmat ko'rsatuvchi kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomaga asosan qilish kerak.
Kimga tegishli
Bu majburiyat uy-joy mulkdorlari, ijarachilari va doimiy yashash joyi bo'yicha ro'yxatga olingan voyaga yetgan shaxslarga tegishli.
Amalda
Oilangiz uyda suv, gaz va elektr ishlatsa, har oy ushbu xizmatlar uchun to'lov qilishingiz kerak. Agar to'lovni vaqtida qilmasangiz, xizmat ko'rsatuvchi kompaniya uni kesib qo'yishi mumkin va sizga jarima yozishi mumkin.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.