Uy-joy kodeksi

132-modda. Ko'p kvartirali uydagi turar joylarni va yashash uchun mo'ljallanmagan joylarni va umumiy mol-mulkni saqlash xarajatlari

(132-модда Ўзбекистон Республикасининг 2019 йил 14 ноябрдаги ЎРҚ-584-сонли Қонуни таҳририда — Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 15.11.2019 й., 03/19/584/4025-сон — 2020 йил 1 августдан кучга киради)

Ko'p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdori o'ziga qarashli turar joyni o'z hisobidan tegishli texnik va sanitariya holatida saqlaydi, shuningdek ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasini saqlash bo'yicha umumiy xarajatlarni o'z zimmasiga oladi. Ko'p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari umumiy xarajatlarni, qoida tariqasida, majburiy badallar shaklida birgalikda zimmalariga oladilar, bu badallar ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni boshqarish, unga xizmat ko'rsatish, uni joriy va kapital ta'mirlash hamda ko'p kvartirali uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasini saqlash xarajatlarining o'rnini qoplashi kerak. Ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasini saqlash bo'yicha majburiy badallar miqdori mazkur uydagi turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlarining umumiy yig'ilishi tomonidan belgilanadi. Mulkdorning ko'p kvartirali uydagi o'ziga qarashli turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylardan foydalanmasligi yoxud umumiy mol-mulkdan foydalanishdan voz kechishi uni ko'p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkni hamda shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasini saqlash bo'yicha umumiy xarajatlarda ishtirok etishdan to'liq yoki qisman ozod qilmaydi. Ko'p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdori o'zining umumiy mol-mulkni saqlash bo'yicha umumiy xarajatlardagi ishtirokiga doir majburiyatini turar joyni shartnoma bo'yicha ijaraga, arendaga oluvchiga o'tkazishi mumkin, bunda haqning o'z vaqtida to'lanishi mas'uliyati turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorining zimmasida bo'ladi. Ko'p kvartirali uydagi turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdori shirkatni, boshqaruvchini yoki boshqaruvchi tashkilotni yoxud turar joy va yashash uchun mo'ljallanmagan joylar mulkdorlari tomonidan vakil qilingan shaxsni umumiy mol-mulkni va shu uyga tutash, obodonlashtirish elementlari bo'lgan yer uchastkasini saqlash bo'yicha umumiy xarajatlarni to'lashga doir majburiyatlar joyni ijaraga, arendaga oluvchiga o'tkazilganligi haqida xabardor qilishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Bu masala bo‘yicha hujjat kerakmi?Turar joyni ijaraga berish shartnomasiIjara shartlarini yozma rasmiylashtiring — nizo chiqsa asosiy dalil shu bo‘ladi.Bepul sinab ko‘ring — oyiga 5 ta hujjat

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.