Закон «О туризме»

7-modda. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining turizm sohasidagi vakolatlari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi: turizm sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta'minlaydi; turizm sohasida davlat dasturlari va boshqa dasturlar ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini ta'minlaydi; turistik zonalar, turistik klasterlarni tashkil etish va ularda turizm sohasi sub'yektlari faoliyatini amalga oshirish tartibini belgilaydi; turistik faoliyatni litsenziyalash tartibini belgilaydi; turizm sohasida xizmatlarni sertifikatlashtirish tartibini belgilaydi; turistlar va ekskursantlarni sug'urta qilish, ularga tibbiy, huquqiy hamda boshqa turdagi yordam ko'rsatish tartibini belgilaydi; vakolatli davlat organi huzuridagi byudjetdan tashqari Turizm sohasini qo'llab-quvvatlash jamg'armasining mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi; turistik resurslardan, tabiiy va madaniy meros ob'yektlaridan oqilona foydalanilishini hamda ularning saqlanishini, shuningdek atrof tabiiy muhitning muhofaza qilinishini ta'minlash bo'yicha choralar ko'radi; turistlar va ekskursantlar borishi taqiqlangan ob'yektlar hamda hududlarni belgilaydi; turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va turizmni rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish bo'yicha idoralararo hamkorlikni muvofiqlashtiradi; mehmonxona xizmatlarini (joylashtirish bo'yicha xizmatlarni), shuningdek turoperatorlar va turagentlar xizmatlarini ko'rsatish qoidalarini tasdiqlaydi; turistlar va ekskursantlarning ayrim toifalariga imtiyozlar berish tartibini belgilaydi; turizm sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibini belgilaydi; turizm sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi va hukumatlararo shartnomalar tuzadi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.