Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari quyidagilardan iborat:
mazkur sohani mamlakat iqtisodiyotining strategik tarmog'i sifatida rivojlantirish;
sayohatlarni amalga oshirish chog'ida fuqarolarning dam olish, erkin harakatlanishga bo'lgan huquqlarini va boshqa huquqlarini ta'minlash;
turistik resurslardan oqilona foydalanish va ularni saqlash;
normativ-huquqiy bazani takomillashtirish;
ichki turizmni rivojlantirish, shu jumladan ijtimoiy turizmni rivojlantirish doirasida bolalar, yoshlar, keksalar, shuningdek nogironligi bo'lgan shaxslar va aholining kam ta'minlangan qatlamlari uchun turizm hamda ekskursiyalarni tashkil etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
turizm sohasiga investitsiyalarni jalb qilish va investitsiyalar kiritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
mazkur sohada davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
tadbirkorlik sub'yektlari uchun turistik xizmatlar bozorida teng imkoniyatlar yaratish;
turizm sohasining sub'yektlariga soliq va bojxona imtiyozlarini belgilash orqali rag'batlantirish;
turistlar va ekskursantlarning xavfsizligini, ularning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari va mol-mulki himoya qilinishini ta'minlash;
ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish va rivojlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
O'zbekiston Respublikasining turizm uchun jozibador mamlakat sifatidagi nufuzini oshirish;
turizm sohasi sub'yektlarini ular turistik bozorlarda milliy turistik mahsulotni targ'ib qilishida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash;
ilg'or innovatsion va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishini rag'batlantirish;
turistik zonalar va turistik klasterlarning rivojlantirilishini rag'batlantirish.
lex.uz’dagi asl matn6-modda. Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.