Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo'riqchi-yo'l boshlovchilar quyidagi huquqlarga ega:
tur vaqtida o'z majburiyatlarini bajarishi uchun turoperatordan, turagentdan yoki turistik mahsulot buyurtmachisidan zarur axborot bilan ta'minlanishini talab qilish;
o'z huquq va majburiyatlarini belgilovchi hujjatlar bilan (shartnoma mavjud bo'lganda) tanishib chiqish;
turistlar va ekskursantlar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzish.
Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari va yo'riqchi-yo'l boshlovchilar:
tegishli ma'lumotga, malaka sertifikatiga ega bo'lishi va o'z vaqtida malaka oshirishdan o'tishi;
mamlakatning tarixi, madaniyati, etnografiyasi, iqtisodiyotini va boshqa sohalarini rasmiy yoki ishonchli manbalardan bilishi;
turistik yo'nalishni rejalashtirish va ekskursiyada hamrohlik qilish ko'nikmalariga ega bo'lishi;
o'z funktsional vazifalarini bajarish chog'ida ismi va familiyasi yozilgan ko'krak nishonini (beyjikni) taqib yurishi;
xavfsizlikni ta'minlash choralarini bilishi va favqulodda vaziyatlarda amaliy harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish ko'nikmalariga ega bo'lishi shart.
lex.uz’dagi asl matn31-modda. Gidlar (gid-tarjimonlar), ekskursiya yetakchilari hamda yo'riqchi-yo'l boshlovchilarning huquq va majburiyatlari
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.