Закон «О туризме»

30-modda. Turistlar hamda ekskursantlarning huquq va majburiyatlari

(30-модда иккинчи қисмидаги учинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)

Turistlar va ekskursantlar quyidagi huquqlarga ega: turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasida nazarda tutilgan xizmatlardan foydalanish; sayohat bilan bog'liq to'liq va ishonchli axborot olish, shu jumladan vaqtincha bo'lish mamlakatiga (joyiga) kirish va unda bo'lish qoidalari, mahalliy aholining urf-odatlari, diniy marosimlar, madaniy meros ob'yektlari, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va turizm sohasining ob'yektlari, atrof tabiiy muhitning holati to'g'risida axborot olish; shaxsiy xavfsizligi hamda o'z huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish ta'minlanishi, shuningdek o'z mol-mulkining but saqlanishi; shoshilinch tibbiy yordam olish; turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasi bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda moddiy zararning o'rni qoplanishi, shuningdek ma'naviy ziyonning kompensatsiya qilinishi; agar turning umumiy qiymati oshishi shartnomada shartlashilgan qiymatidan ortib ketsa, turistik xizmatlar ko'rsatishga doir shartnomani turoperatorlar va turagentlarga yetkazilgan moddiy zararning o'rnini qoplamagan holda bekor qilish. Turistlar va ekskursantlar: turda ishtirok etish uchun o'z sog'lig'i holatining va (yoki) yoshining xususiyatlariga bog'liq cheklovlar (qarshi ko'rsatmalar) to'g'risidagi, o'z doimiy yashash joyidan tashqariga chiqishi hamda vaqtincha bo'lish mamlakatiga (joyiga) kirishi uchun cheklovlar haqidagi ma'lumotlarni turoperatorning va (yoki) turagentning talabiga ko'ra taqdim etishi; turistik xizmatlar ko'rsatish shartnomasi shartlariga va vaqtincha bo'lish mamlakatining (joyining) qonunchiligiga rioya etishi, uning siyosiy hamda ijtimoiy tuzilishini, mahalliy aholining an'analarini, urf-odatlarini, diniy e'tiqodini hurmat qilishi; vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) atrof tabiiy muhitga, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar va madaniy meros ob'yektlariga zarar yetkazmasligi; vaqtincha bo'lish mamlakatidagi (joyidagi) bojxona va chegara nazorati, shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.