Kelishuv bitimi faqat xarajatlarning o'rni qoplanganidan va ushbu Qonun 150-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talablar hamda ish haqini to'lash uchun pul mablag'lari berilishini nazarda tutuvchi to'lov hujjatlariga doir talablar qanoatlantirilganidan keyin sud tomonidan tasdiqlanishi mumkin.
Qarzdor, tashqi boshqaruvchi yoki tugatish boshqaruvchisi kelishuv bitimi imzolangan paytdan e'tiboran besh kun ichida sudga kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi arizani taqdim etishi kerak.
Kelishuv bitimini tasdiqlash haqidagi arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:
kelishuv bitimining matni;
kelishuv bitimi tuzish to'g'risida qaror qabul qilgan kreditorlar yig'ilishining bayonnomasi;
qarzdor kreditorlarining talablari reyestri;
ushbu moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan xarajatlar qoplanganligini va talablar qanoatlantirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
kelishuv bitimi tuzish haqidagi masala bo'yicha ovoz berishda ishtirok etmagan yoki kelishuv bitimini tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlarning yozma e'tirozlari.
Kelishuv bitimini tasdiqlash to'g'risidagi arizaga qonunchilikka muvofiq boshqa hujjatlar ham ilova qilinishi mumkin.
Sud kelishuv bitimi ko'rib chiqiladigan sana haqida manfaatdor taraflarni xabardor qiladi. Xabardor qilingan shaxslarning kelmaganligi to'lovga qobiliyatsizlik to'g'risidagi ishni ko'rib chiqishga to'sqinlik qilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)
165-modda. Kelishuv bitimini sud tomonidan tasdiqlash shartlari
Oddiy tilda
**Kelishuv bitimini sud tomonidan tasdiqlash shartlari**
Nimani anglatadi
Sud kelishuv bitimini (bankrotlik to'lovini) faqat ma'lum shartlar bajarilganda qabul qiladi. Birinchidan, barcha xarajatlar to'lanishi va ishchilar ish haqi to'liq berilishi kerak. Ikkinchidan, kreditorlarning asosiy talablari qanoatlantirilishi zarur.
Kimga tegishli
Ushbu qoida qarzdor, tashqi boshqaruvchi va tugatish boshqaruvchisiga tegishli.
Amalda
Masalan, kompaniya bankrotlik jarayonida kreditorlar bilan kelishuv bitimi tuzdi. Sud bu bitimni qabul qilishdan oldin, barcha ishchilarning oylik ish haqi to'langanligini, qarz to'langanligini va sud xarajatlari qoplanganligini tekshiradi. Agar hammasi tartibda bo'lsa, sud bitimni tasdiqlaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.