«To'lovga qobiliyatsizlik to'g'risida»gi qonun (bankrotlik)

164-modda. Kelishuv bitimining mazmuni

Kelishuv bitimida qarzdor pul majburiyatlarining miqdorlari, ularni bajarish tartibi va muddatlari to'g'risidagi va (yoki) voz kechish haqini berish, majburiyatlarni yangilash, qarzni kechib yuborish yo'li bilan yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa usullar bilan qarzdorning pul majburiyatlarini tugatish haqidagi qoidalar bo'lishi kerak. Kelishuv bitimida: pul majburiyatlarining bajarilishini kechiktirish yoki ularni bo'lib-bo'lib to'lash to'g'risidagi; qarzdorning talab qilish huquqlaridan boshqa shaxs foydasiga voz kechish haqidagi; qarzdorning pul majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarish to'g'risidagi; qarzlardan siylov berish haqidagi; soliqlar hamda yig'imlarni to'lash muddatlari va tartibini o'zgartirish to'g'risidagi; kreditorlarning talablarini qonunchilikka zid bo'lmagan boshqa usullar bilan qanoatlantirish haqidagi shartlar ko'rsatilishi mumkin. Kelishuv bitimini tuzish to'g'risidagi masala bo'yicha ovoz berishda ishtirok etmagan, shuningdek uni tuzishga qarshi ovoz bergan kreditorlar uchun kelishuv bitimining shartlari uni tuzishni yoqlab ovoz bergan, xuddi o'sha navbatning kreditorlari uchun belgilangan shartlardan yomon bo'lishi mumkin emas. Agar kelishuv bitimida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, qarzdorning o'z zimmasiga olgan majburiyatlari bajarilishini ta'minlovchi mol-mulk garovi saqlanib qoladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.