Ta'lim tashkilotlari quyidagilar vositasida tegishli xorijiy mamlakatlarning ta'lim muassasalari va tashkilotlari bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi:
ta'lim muammolari yuzasidan ilmiy-texnik hamkorlikni rivojlantirish;
qo'shma fakultetlar, o'quv markazlari va ilmiy laboratoriyalar tashkil etish;
xalqaro darajadagi birgalikdagi ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini tayyorlash;
hamkorlikda fundamental hamda amaliy ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish;
ilmiy-amaliy seminarlar, konferentsiyalar va simpoziumlar o'tkazish;
talabalar, magistrlar, doktorantlar, o'qituvchilar va ilmiy xodimlar almashinishini amalga oshirish;
ikki tomonlama diplomlar (Double Diploma) dasturlarini joriy etish;
qonunchilikka muvofiq boshqa tadbirlar.
Ta'lim tashkilotlari qonunchilikka muvofiq xorijiy davlatlarning ta'lim muassasalari va tashkilotlari bilan hamkorlikda kadrlar tayyorlashni amalga oshirishi mumkin.
lex.uz’dagi asl matn67-modda. Ta'lim tashkilotlarining xalqaro hamkorligi
(67-модда биринчи қисмининг тўққизинчи хатбошиси Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 21 апрелдаги ЎРҚ-683-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 21.04.2021 й., 03/21/683/0375-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ta'lim tashkilotlari (maktab, universitet, kollejlar) chet el ta'lim muassasalari bilan hamkorlik qilishi mumkin. Bu hamkorlik orqali bilim almashinish, birgalikda o'quv dasturlari yaratish va talabalarni xorijiyda o'qitish imkoniyati paydo bo'ladi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq barcha davlat va xususiy ta'lim tashkilotlariga tegishli.
**Amalda**
Tashkent davlat universiteti Germaniyaning Myunhen universitetiga bilan qo'shma fakultet ochishi mumkin. Shu orqali o'zbek talabalar Germaniyada ham o'qiy, ikkala mamlakatdan diplom olay oladi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.