«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

66-modda. Ta'lim tashkilotlarining mol-mulki

(66-модданинг биринчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2025 йил 7 февралдаги ЎРҚ-1025-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 07.02.2025 й., 03/25/1025/0116-сон. Кучга кириш санаси — 2025 йил 8 май)

Ta'lim tashkilotlari o'z mulkiga, operativ boshqaruvidagi mulkka ega bo'lishi kerak. Davlat ta'lim muassasalarining operativ boshqaruvida bo'lgan ob'yektlarning (binolar, inshootlar, qurilayotgan binolar va inshootlarning, o'quv, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalarning, ta'lim oluvchilar vaqtincha turar joy binolarining, klinik bazalar va boshqa ko'chmas mulk ob'yektlarining, shu jumladan ta'lim kampuslariga kiradigan mulk ob'yektlarining) xususiylashtirilishiga yo'l qo'yilmaydi. Ta'lim tashkilotlari qayta tashkil etilgan hollarda ularning mol-mulki yangi tashkil etilgan ta'lim tashkilotiga huquqiy vorislik asosida o'tkaziladi. Ta'lim tashkilotlari tugatilganda ularga tegishli mol-mulk kreditorlarning talablari qanoatlantirilgandan so'ng, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo'lsa, muassislarga (ishtirokchilarga) qaytariladi.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.