O'zbekiston Respublikasining ta'lim tashkilotlari va ularning filiallari, shuningdek xorijiy davlatlar ta'lim tashkilotlarining filiallari yuridik shaxs maqomi bilan tashkil etiladi.
Oilaviy nodavlat maktabgacha ta'lim tashkiloti shaklidagi ta'lim xizmatlari yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida ro'yxatga olingan jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladi.
Nodavlat ta'lim tashkilotlari litsenziya olingan kundan e'tiboran ta'lim faoliyati bilan shug'ullanishga haqli bundan ushbu Qonunning 57¹-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ta'lim tashkilotlari o'z faoliyatini ustav va (yoki) boshqa ta'sis hujjatlari asosida yuritadi.
Ta'lim tashkilotlari o'quv-tarbiya va o'quv-ilmiy-ishlab chiqarish majmualariga birlashishga haqli.
Ta'lim tashkilotlarida siyosiy partiyalarning tashkiliy tuzilmalarini tashkil etishga yo'l qo'yilmaydi.
lex.uz’dagi asl matn29-modda. Ta'lim tashkilotlarining huquqiy maqomi
(29-модданинг учинчи қисми Ўзбекистон Республикасининг 2021 йил 12 октябрдаги ЎРҚ-721-сонли Қонуни таҳририда — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 12.10.2021 й., 03/21/721/0952-сон)
Oddiy tilda
**Nimani anglatadi**
Ta'lim tashkilotlari (maktab, kolej, universitet) qonun asosida yuridik shaxs sifatida faoliyat olib boradi. Bu degani ular o'z nomidan shartnoma tuzishi, mulk egaligi, sud'da da'vo ko'tarishi mumkin. Nodavlat ta'lim tashkilotlari litsenziya olganidan keyin ta'lim berish huquqiga ega bo'ladi.
**Kimga tegishli**
Bu huquq davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlariga, shuningdek oilaviy ta'lim xizmatlari beruvchi jismoniy shaxslarga tegishli.
**Amalda**
Xususiy universitetning rektori bank bilan shartnoma tuzmoqchi. Universitetning yuridik shaxs maqomi bor bo'lgani uchun u o'z nomidan shartnoma tuzishi mumkin. Agar yuridik shaxs bo'lmasa, bu imkoniyat bo'lmaydi.
Izoh sun’iy intellekt tomonidan tayyorlangan, rasmiy sharh emas.
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.