«Ta'lim to'g'risida»gi qonun

28-modda. Ta'lim tashkilotini boshqarish

(28-модда Ўзбекистон Республикасининг 2024 йил 1 февралдаги ЎРҚ-901-сонли Қонунига асосан тўртинчи қисм билан тўлдирилган — Қонунчилик маълумотлари миллий базаси, 01.02.2024 й., 03/24/901/0082-сон)

Ta'lim tashkilotini boshqarishni tegishincha quyidagilar amalga oshiradi: pedagogik kengash; kuzatuv (vasiylik) kengashi; oliy ta'lim tashkilotining kengashi; ta'lim tashkilotining rahbari. Ta'lim tashkilotlarida jamoatchilik boshqaruvi organlari tashkil etilishi mumkin. Ta'lim tashkilotlarini boshqarishda va kadrlar tayyorlashda kadrlar talabgorlari ishtirok etadi. Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslar ta'lim tashkilotlarining rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi mumkin emas.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.