Водный кодекс

57-modda. Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish shartlari

Yer usti suvlaridan va yer osti suvlaridan foydalanishga loyiq tasdiqlangan zaxiralaridan foydalanishda suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma besh yil muddatga beriladi. Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma olgan yuridik va jismoniy shaxslar uning amal qilish muddati davrida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish bo'yicha hududiy organlar hamda hududiy gidrogeologik stantsiyalar vakillari ishtirokida tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladigan foydalaniladigan quduqlarni konservatsiya qilishni va qayta ishga tushirishni amalga oshirish huquqiga ega. Tasdiqlanmagan zaxiralardagi foydalanishga yaroqli bo'lgan yer osti suvlaridan foydalanishda guruhli suv olish inshootlari uchun suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma ikki yildan ko'p bo'lmagan muddatga beriladi. Suvdan foydalanuvchi ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan kamida bir oy oldin ruxsatnoma beradigan organga avval berilgan ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish to'g'risidagi iltimos bilan murojaat qilishga haqli. Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati ruxsatnomani berish kelishilgan organlardan suv ta'minoti manbasida, ruxsatnomada ko'rsatilgan suvdan foydalanish maqsadida va boshqa shartlarida o'zgarishlar mavjud emasligi haqida xulosa olinganidan keyin ruxsatnomani bergan organ tomonidan besh yilga uzaytiriladi. Suvdan foydalanuvchi suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganidan keyin yoki ruxsatnomada ko'rsatilgan suvdan foydalanish manbalari, maqsadi va boshqa shartlari o'zgarganda, belgilangan tartibda yangi ruxsatnoma olishi shart. Ob'yektlarni qurish yoki rekonstruktsiya qilish davrida suvdan maxsus foydalanilganda suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma ushbu ishlarni amalga oshirish davriga rasmiylashtiriladi. Ob'yekt ishga tushirilgach, suvdan foydalanuvchi belgilangan tartibda yangi ruxsatnoma olishi shart.
lex.uz’dagi asl matn

Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?

Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing

Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.

Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.