Quyidagi hollarda suvdan maxsus foydalanish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi:
suv olish inshootlaridan foydalangan holda suv ob'yektlaridan bir sutkada 5 kub metrdan ortiq suv olishda;
oqova va kollektor-drenaj suvlarini suv ob'yektlariga hamda joy relyefiga oqizishda.
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma:
yer usti tabiiy suv ob'yektlaridan suv olishda — Qoraqalpog'iston Respublikasi Suv xo'jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining hududiy organlari tomonidan;
yer osti, mineral va termal suvlarni olishda — O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining hududiy organlari bilan kelishilgan holda O'zbekiston Respublikasi Tog'-kon sanoati va geologiya vazirligining tegishli organlari tomonidan beriladi.
Sun'iy suv havzalaridagi suvdan foydalanilganda suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma talab etilmaydi.
Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma berish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
lex.uz’dagi asl matn56-modda. Suvdan maxsus foydalanish uchun ruxsatnoma
Sizning vaziyatingiz shu moddaga mos keladimi?
Bepul so‘rang — vaziyatingizni o‘z so‘zlaringiz bilan yozing
Bepul rejada oyiga 10 ta savol. Karta talab qilinmaydi.
Matn lex.uz’dan olingan. Bu sahifa ma’lumot uchun bo‘lib, rasmiy huquqiy xulosa emas — murakkab holatlarda advokatga murojaat qiling.